Пятница, 10.05.2024, 09:40
TAQVO.MOY.SU
Меню сайта
Категории раздела
Ҳалол ва ҳаром [25]
Оила ва никоҳ [14]
Аёллар саҳифаси [4]
Қуръони карим [0]
Ҳадис [0]
Фиқҳ [9]
Бидъат-хурофотлар [0]
Ўлимни эслаш ва жаноза [1]
Одоблар [16]
Янги мақолалар [43]
Долзарб мавзулар [17]
Ислом олами янгиликлари [3]
Мини-чат
Янгилик, Масъалалар
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 27
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » 2014 » Октябрь » 23 » TAHORAT
23:46
TAHORAT
Islom dini ham vujud, ham qalb
tozaligiga katta ahamiyat
bergan bir dindir. Sevikli
payg‘ambarimiz bizga shunday
nasihat qiladilar: «Kuchingiz
yetguncha tozalikka rioya
etingiz, chunki Alloh taolo Islom
dinini tozalik ustiga bino qildi.
Jannatga ham faqat toza
bo‘lganlar kiradi» («Jomius-
sag‘ir», 1-jild, 133-bet).
Alloh taolo Qur’oni karimning
Moida surasi 6-oyatida shunday
marhamat qiladi (mazmuni):
«Ey imon keltirganlar! Namoz
(o‘qish) ga turar ekansiz,
albatta, yuzlaringizni,
qo‘llaringizni tirsaklarigacha
yuvingizlar, boshlaringizga
mash tortingizlar va
oyoqlaringizni (yuvingizlar)!».
Binobarin, dinimizning ustuni
hisoblangan namozni ado
etmoq uchun albatta tahoratli
bo‘lish shartdir.
TAHORAT OLISH TARTIBI
1. Avvalo, tahorat olishga niyat
qilinib, «A’uzu billahi minash-
shaytonir rojiym. Bismillahir
rohmanir rohiym», deyiladi.
2. Qo‘llar bandigacha uch marta
yuviladi. Barmoqda uzuk bo‘lsa,
qimirlatib, ostiga suv
yugurtiriladi.
3. O‘ng qo‘lda suv olinib, og‘iz
uch marta g‘arg‘ara qilib
chayiladi va misvok qilinadi.
4. Burunga o‘ng qo‘l bilan uch
marta suv tortilib, chap qo‘l
bilan qoqib tozalanadi.
5. Yuz uch marta yuviladi.
6. Avval o‘ng qo‘l tirsaklar bilan
qo‘shib ishqalab yuviladi.
7. So‘ngra chap qo‘l tirsaklar
bilan qo‘shib ishqalab yuviladi.
8. Hovuchga suv olib, to‘kib
tashlab, ho‘li bilan boshning
hamma qismiga masx tortiladi.
9. Ko‘rsatkich barmoq bilan
quloqlarning ichi, bosh
barmoqlar bilan esa quloq
orqasi masx qilinadi.
10. Ikkala kaftning orqasi bilan
bo‘yin masx qilinadi.
11. Chap qo‘l bilan o‘ng oyoqni
oshiq (to‘piq) bilan qo‘shib va
barmoqlar orasini (ishqalab)
uch marta yuviladi.
12. Chap oyoq ham shu tarzda
uch marta yuviladi.
Tirnoqlarga surilgan lak,
teridagi har xil bo‘yoqlar
ketkazilmasdan olingan tahorat
sahih (haqiqiy) hisoblanmaydi.
Tahorat olayotganda
gapirmaslik, ehtiyojdan ortiq
suv ishlatmaslik, ust-boshga
suv sachratmaslik kerak.
TAHORATNI BUZADIGAN HOLLAR
1. Badanning biror joyidan qon
yoxud yiring chiqib oqishi.
2. Og‘iz to‘lib qusish.
3. Kichik yo katta hojat.
4. Yel chiqishi.
5. Milk qonab, tupurganda
tupuk rangining qizil bo‘lishi;
6. Hushdan ketish;
7. Namoz o‘qiyotib, yonidagi
odam eshitadigan darajada
kulish.
Категория: Одоблар | Просмотров: 1159 | Добавил: admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Октябрь 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Создать сайт
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024

    Создать бесплатный сайт с uCoz