Суббота, 11.05.2024, 09:26
TAQVO.MOY.SU
Меню сайта
Категории раздела
Ҳалол ва ҳаром [25]
Оила ва никоҳ [14]
Аёллар саҳифаси [4]
Қуръони карим [0]
Ҳадис [0]
Фиқҳ [9]
Бидъат-хурофотлар [0]
Ўлимни эслаш ва жаноза [1]
Одоблар [16]
Янги мақолалар [43]
Долзарб мавзулар [17]
Ислом олами янгиликлари [3]
Мини-чат
Янгилик, Масъалалар
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 27
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » 2014 » Октябрь » 23 » Qabr azobini lozim qiladigan sabalar:
23:43
Qabr azobini lozim qiladigan sabalar:
Qabr azobini lozim qiladigan
sabalar:
1) Allohga shirk keltirish va kufr
keltirish. Alloh taolo Fir’avnlar va
ularning
qavmlari haqida shunday deydi:
“(u azob bir) olovdirki, ular
ertayu kech o’shanga
yuzlanadilar. (qiyomat) soati
qoyim bo’lgan kunda: “Fir’avn
honadonini eng qattiq azobga
kiriting”. (G’ofir, 46). Va “Sahih
Buhoriy va “Sahih Muslim”
kitoblarida: “Yahudiylar o’z
qabrlarida azoblanib yotibdilar”
deyildi.
2) Munofiqlik. Alloh taolo aytdi:
“Atrofimizdagi a’robiylar va
Madina aholisi orasida nifoqda
doimiy bolgan shunday
munofiqlar borki, ularni siz
bilmaysiz. Biz bilurmiz. Ularni
(Biz) qayta-qayta azoblaymiz.
So’ngra (Qiyomat kunida) eng
ulug’ azobga qaytarilurlar”.
(Tavba, 101)
3) Siydikdan to’liq
tozalanmaslik.
4) Odamlar o’rtasida bo’hton
(tuhmat)larni tarqatish/
5) G’iybat. Ikki “Sahih”
kitobdagi hadisda: Payg’ambar
-u kishiga Alohning salovoti va
salomi bo’lsin- Madina shahri
devorlaridan bittasini oldidan
o’tayotib, ikki insonni qabrdagi
azobdan chiqarayotgan
ovozlarni eshitib qoldilar. Va
aytdilarki: “Haqiqatda u
ikkovlari azoblanayaptilar. Katta
gunohlari uchun azob
olmayaptilar (ya’ni bu
gunohlardan chetlanish uncha
qiyin ish emasdi). So’ng
aytdilarki: Yo’q, lekin haqiqatda
bu katta gunohdir. (Allohning
nazdida). Ularning biri
siydikdan yahshilab poklanmas
edi. Va ikkinchisi esa doimo
bo’hton (tuhmat) tarqatib yurar
edi”. Boshqa rivoyatlarda
(ikkinchisi doimo g’iybat qilib
yurar edi.) deyildi.
- Qatoda –u kishini Alloh
rahmat qilsin- aytdilar: Qabr
azobi uchta ushlikdan bo’ladi
deb aytilardi: G’iybat, bo’hton,
siydik.
6) Insonlarga til bilan aziyat
berishlik. Ibn Habban sahih
rivoyatda: “U ikkovidan biri
siydigidan to’liq tozalanmas edi.
Ikkinchisi esa insonlarga tili
billan aziyat berib, ular orasida
bo’hton tarqatib yurar edi.”
Deyildi.
7) Yolg’on. Buhoriy
kitoblaridagi uzun hadisda
Pay’ambar -u kishiga Alohning
salovoti va salomi bo’lsin-
tushlarida ba’zi qabr va do’zah
azoblaridan ko’rganlarini
aytdilarki: “…ammo bir kishiki,
men uni oldiga kirgan edimki,
uni esa jag’ini miyasigacha,
burnini miyasigacha, ko’zini
miyasigacha egovlanarda. Bu
shunday kishiki uyidan chiqib,
keyin bir yolg’on gap
gapirardiki, bu (yolg’on gap)
ufqlargacha yetib borardi”.
8 ) Qur’on o’rgangandan keyin,
undan yuz o’girish.
9) Farz namozlari vaqtida uhlab
qolishlik. O’sha o’tgan hadisda
aytiladiki: “Ammo bir kishiki,
oldidan o’tdim, o’z boshinitosh
bilan badnom qilardi. U
shunday kishiki, Quro’nni oldi
(o’qidi yoki yodladi), so’ng yuz
o’girdi va farz namozlarni
vaqtida uhlardi. “Boshqa
rivoyatda esa: “Shunday
(kishiki) o’zini boshini yorib,
sindirayotgan edi, bu kishiga
Alloh qur’onni o’rganishlikn
nasib etdi, lekin u kechalari
uhladi va kunduzlari unga amal
qilmasdi. Bu ish (boshini o’zi
yorib sindirishligi)
Qiyomatgacha davom
.
10) Ribo, (qarzni foizga
berishdan tushgan) foydasini
yeyishlik. Yana o’sha
o’tganhadis davomida
aytiladiki: “Shunday kishiki u
bir daryoda cho’milayotganida,
unga og’ziga bir tosh yuttirilib
azob berilayotgan edi, (ya’ni
cho’ktirilayotgan edi). O’sha
kishi haqiqatda ribo yegan
kishi edi”.
11) Zino. (Fohishabozlik). Yana
o’sha o’tgan hadis davomida:
“Biz keyin yura boshlab bir
(katta) tandirga o’hshagan
narsani oldiga keldik. Uning
ichidan baqiriq, qiyqiriq ovozlar
(eshtilar edi). “U kishi
(Payg’ambar) -u kishiga
Alohning salovoti va salomi
bo’lsin- yana so’zlarini davom
ettirib aytdilarki: “O’sha
(tandir)ni ustiga ko’tarildik,
o’shanda uning ichida
yalang’och erkaklar va ayollar
bor edi. Ularga o’zlarining
ostilaridan bir gulhan, olov
kelib tegardi. Qachon ki o’hsa
olov-gulhan ularga yetganda
baqirib qichqira boshladilar…
o’shalar zinokorlardir”, deydilar.
Yana boshqa An-Nisaiyning
sahih rivoyatlarida: “…keyin
yura boshlab, qachonki bir
qavmga yetgan edik, ular eng
kuchli semizlik bilan semirib
ketgan (ya’ni judayam semiz),
shu bilan birga juda ham bir
sassiq hidi o’zlaridan chiqarib
turardilar. Men: Kim ular? deb
so’radim. U (Jabroil): bular
zinokor erkak va ayollar, dedi”
- Al-Hafiz ibn Hajar aytdilari:
Ularning (zinokorlarning)
yalang’och (azoblanishi) ochib
tashlash, haqiqatni ro’yobga
chiqrishlikdir. Chunki ularning
(dunyodagi) odatlari bo’yicha
hilvatda berkinib olishardi.
(Mana shuning uchun) ular
qattiq uyat bilan azoblanadilar.
Ammo azobni (olov-gulhanni)
ostilaridan kelishligini hikmati.
Ularning o’sha ostki a’zolari
bilan jinoyat qilganliklaridir.
12) odamlarni yahshilikka
chaqirib (buyurib), o’zi
qilmaslik. Bir sahih hadisda;
“O’sha ‘Isro’ kechasida men
shunday kishilarni ko’rdimki,
ularning og’izlari olovdan
bo’lgan qaychilar bilan qiriqilar
edi. Men shunda: Ey Jabroil, kim
bular? dedim. U kishi: sizning
ummatingizdan bo’lgan ba’zi
shunday kishilar
13) Allohni zikr qilishlikdan yuz
o’girish.
Alloh Ta’olo aytadi: “Va kimki
(endi) meni zikrimdan
(eslashdan) yuz o’girsa albatta,
uning uchun siqilgan,
kamsitilgan (yomon ahvolga
solib qo’yilgan) hayot surishlik
border”. (Toha, 124)
Payg’ambar -u kishiga
Allohning salovoti va salomi
bo’lsin- aytadilar: “O’sha qabr
azobidir (ya’ni siqilgan
kamsitilgan hayot surishlik –
mana shu qabr azobidir)
14) Uzrsiz Ramazon kunalri
ovqat yeyishlik. Abu Umoma
hadislarida: ”Keyin (Jabroil)
men bilan yura boshab, bir
qavmga yetdik. Ular orqa
tovonlaridan osib qo’yilib, iki
jag’lari yorib tashlangan edi.
Men: Ular kim? Dedim (Jabroil):
ular ro’zalarini tutmasdan,
ovqat yeb yurishardi, dedi”.
15) Urushdan tushgan
g’animat-boylikdan amir-
hokimga habar bermasdan
olishlik (berkitib ruhsatsiz
olish). Ikki sahih hadislar
kitobida: “Jonim qo’lida bo’lgan
(zot) bilan (qasamki), haqiqatda
shunday matoki,Haybar urushi
kuni g’animatlar orasidan haqli
ravishda bo’linmasdan oldik
(ulardan) olgan (shahs)ga,
albatta olov unga yoqiladi.”
16) Kiyimni kibr bilan kiyib
sudrab yurishlik. Sahih
Buhoriyda: “Shunday kishiki,
kiyimni (kibr bilan) kiyib sudrab
yuradi, s’ng u qachonki tutilib,
(qabrga) tushirilganda usha
yerda u qiyomat kunigacha
(havf-hatar ila qo’rquv bilan
o’zini u yona bi yonga otib)
baqirib chaqirib yotaveradi.
17) Bolalarni beuzr sut
emizishlikdan bosh tortgan
ayol. Abi Umoma hadislarida:
“So’ng men bilan (Jabroil) yura
borib, qachonki shunday
ayollarga keldikki, ularni ulonlar
ko’kraklardan tishlardi. Men:
Kimdir ular? deb so’radim. u
(Jabroil): Ular shunday ayollarki,
bolalariga sutlarini
bermasdilar”, dedilar.
18 ) O’g’rilik. Sahih Muslimda:
“Hattoinki, men u yerda
qarmoq egasini (o’g’ri)
qarmog’ini olovda (azobda)
sudrab yurganini ko’rdim. U
o’zining qarmog’i bilan
(dunyoda) o’g’rilik qilardi. Agar
biror odam bilib qolsa, (o’g’ri)
aytardiki: “Hey, qarmog’imga
ilinib qolibdiku?!”, agar u
o’g’irlangan odam bo’lmay
qolsa u narsani o’zi bilan olib
ketardi.”
19) Hayvonlarni qamab qo’yib
mehrsiz azoblash. Sahih
Buhoriyda:”Men u yerda
(do’zahda) hattoki o’sha
mushuk egasi ayoln ko’rdim. U
ayol mushugini qamab qo’yib.
Ovqat bermasdi. Yerdan
chiqqan o’t o’lanlarni ham
yedirmas edi, mana shundan u
mushuk och qolib o’lgan edi.”
20) O’likka baqir chaqir qilishlik.
Baqir chaqir degani, bu
ayollarning yig’ilib, o’likni
yahshi ishlarini eslagan holda,
uni chaqirishlik bilan
yig’lashlaridir. Sahih Muslimda:
“O’lik odam, unga qilinayotgan
baqir chaqir uchun
azoblanadi.” Deyiladi.
21) Qarz tufayli qabr azobi
bo’lishligidan qo’rqish lozimligi.
Bir sahih hadisda: “Haqiqatda
birodaring qarzi bor uchun
hibs qilinib turibdi. (o’lgandan
keyin qabrda). Bor, uning
qarzini to’lab kel”. Boshqa
rivoyatda: “haqiqatda u (o’lik)
qarzi bor bo’lgani uchun
jannatga kira olmay asir
o’tiribdi”. Va yana boshqa
rivoyatda: “mana hozir endi
uning jasadi rohat qiladi”’
deyiladi. (yani hayotdagi
birodari uning qarzini
to’laganidan keyin)
Quyidagi videolar esa o'limdan
keyin chindan ham azob
mavjudligiga isbotdir. Ta'kidlab
o'tamiz, videolar ayrimlar
uchun juda qo'rqinchli bo'lishi
mumkin.
1-video: Ummon davlatida bir
kasalxonada 18 yashar yigit
vafot etadi. Aytishlaricha, u
umri davomida namoz
o'qimagan, bo'sh vaqtini esa
musiqa eshitish bilan o'tkazgan
ekan. Uning o'limidan so'ng
bolani islomiy qoidalarga ko'ra
dafn etishadi, ammo
marhumning otasi uning o'limi
sababiga ishonmaydi va qabrni
qayta ochib, murdani
tekshitishlarini buyuradi. Hullas
3 soatdan so'ng olingan
marhumning tanasi tanib
bo'lmas holatga kelgan edi.
Aytishlaricha, yigit tirikligida
juda kelishgan bo'lgan ekan,
ammo endilikda esa tanasi
qo'rayib ketgan, sochlari
qordek oqarib, ko'zlari
qo'rquvdan butkul o'zgarib
ketgan edi.
Категория: Ўлимни эслаш ва жаноза | Просмотров: 5609 | Добавил: admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Октябрь 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Создать сайт
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024

    Создать бесплатный сайт с uCoz