Пятница, 10.05.2024, 10:52
TAQVO.MOY.SU
Меню сайта
Категории раздела
Ҳалол ва ҳаром [25]
Оила ва никоҳ [14]
Аёллар саҳифаси [4]
Қуръони карим [0]
Ҳадис [0]
Фиқҳ [9]
Бидъат-хурофотлар [0]
Ўлимни эслаш ва жаноза [1]
Одоблар [16]
Янги мақолалар [43]
Долзарб мавзулар [17]
Ислом олами янгиликлари [3]
Мини-чат
Янгилик, Масъалалар
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 27
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » 2014 » Октябрь » 23 » G‘USL
23:45
G‘USL
Uyquda ehtilom bo‘lib
qolinganida, jinsiy aloqadan
keyin hamda ayollar hayz va
nifos holatidan chiqishgach,
g‘usl (butun badanni suv bilan
ishqalab yuvish) farzdir.
Bundan tashqari, har juma va
hayit namozlari oldidan g‘usl
qilish sunnat – Payg‘ambarimiz
sollallohu alayhi va sallam
bajargan amallardandir.
G‘uslning farzlari:
1. Og‘izga suv olib g‘arg‘ara
qilish.
2. Burunga, achishtirguncha
suv tortish.
3. Butun badanni tozalab
yuvish.
G‘usl quyidagi tartibda qilinadi:
1. «Bismillahir rohmanir
rohiym» deyiladi va g‘uslga
niyat qilinadi:
«Navaytu an ag‘tasila g‘uslan
minal jan`abati raf'an lil hadasi
va istib`ahatan lis-sol`ati
taqorruban minall`ohi ta'`ala».
Ma'nosi: Nopoklikni ketkazish,
namoz o‘qishni joiz etish
hamda Allohga yaqinlik istab
g‘uslni niyat qildim.
2. Qo‘llar yuvilgach, badan
maniy yoxud boshqa nopok
narsalardan tozalanadi.
3. Belgilangan tartibda tahorat
olinadi. Avval boshga, keyin
o‘ng va chap yelkaga suv
quyilib, butun badan yaxshilab
yuviladi. Bu yuvinishda
badanda ignaning uchiday
quruq joy qolsa ham, g‘usl
mukammal olinmagan
hisoblanadi.
G‘uslga ehtiyojmand kishi og‘zi
va burnini chayib, so‘ng
cho‘milsa ham, g‘usl olgan
hisobiga o‘tadi.
TAYAMMUM
Alloh taolo Niso surasining 43-
oyatida shunday marhamat
qiladi (mazmuni) : «Bordiyu
betob yo safarda bo‘lsangizlar
yoki sizlardan birortangiz
hojatxonadan chiqqan bo‘lsa
yoxud xotinlaringiz bilan
yaqinlik qilgan bo‘lsangiz-u suv
topa olmasangiz, pokiza yer
(tuproq, tosh, qum, chang
kabilar) bilan tayammum qilib,
yuzlaringiz va qo‘llaringizga
surting. Albatta, Alloh afv
etuvchi va kechiruvchidir».
Tayammum qilishda tahoratga
yoki g‘uslga ham niyat qilinadi.
Har ikkisini qo‘shib niyat qilish
ham mumkin.
Tayammum olish tartibi
quyidagichadir:
1. Yenglarni tirsaklarigacha
shimarib «Tahorat (yoki g‘usl)
uchun tayammum olishga niyat
qildim», deb ko‘ngildan
o‘tkaziladi.
2. «A'uzu billahi minash-
shaytonir rojiym. Bismillahir
rohmanir rohiym», deyiladi va
qo‘llar, barmoqlari ochiq holda,
tuproq yoki tuproq jinsidan
bo‘lgan biror narsaga bir marta
uriladi.
3. Qo‘llarning ichi (kaft) bilan
yuzga masx tortiladi.
4. Qo‘llarni ikkinchi bor tuproq
yoki tuproq jinsidan bo‘lgan
narsaga urib, chap qo‘lning
kafti bilan o‘ng qo‘lga tirsagi
bilan qo‘shib, o‘ng qo‘l kafti
bilan esa chap qo‘lga ayni
tarzda masx etiladi.
Tayammumni buzadigan hollar:
1. Tahoratga yaroqli suv
topishi.
2. Badandagi yara yoki
(boshqa) uzr tufayli tayammum
olgan kishidan bu holatlarning
ketishi.
3. Tahoratni buzadigan hollar
tayammumni ham buzadi.
Категория: Одоблар | Просмотров: 2752 | Добавил: admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Октябрь 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Создать сайт
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024

    Создать бесплатный сайт с uCoz